Ukrainadagi mojaro G‘arbning o‘z manfaatlarini o‘ylab, boshqalar xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan siyosatining bevosita natijasi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ta’kidladi.  

Foto: Sputnik

“Mavjud vaziyat, afsuski, G‘arbning o‘z manfaatlarini o‘ylab, boshqalarning xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan siyosatining bevosita natijasi bo‘ldi”, degan Lukashenko respublika Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida. 

U, shuningdek, “harbiy harakatlar boshlanishidan oldin ham biz ukrainalik hamkasblarimizga Rossiya tomoni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishni taklif qilgan edik”, deb ta’kidlagan. 

“Biz bu borada zarur yordam ko‘rsatishga tayyor edik. Biroq bizning taklifimiz e’tiborga olinmadi”, degan Lukashenko.

Avvalroq Shimoliy Koreya Vashingtonni Ukrainadagi mojaroga olib kelgan o‘zboshimchalikda ayblagandi.

Eslatib o’tamiz, 24-fevral erta tongda Rossiya Ukrainaga bostirib kirishni boshladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda “maxsus harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qilib, bundan ko‘zlangan maqsad Ukrainani delimitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish ekanini ta’kidladi. Dunyo yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashdi. AQSh, Britaniya, Kanada, YeI, Yaponiya yangi sanksiyalar e’lon qilganini bildirdi.

25-fevral kuni Vladimir Zelenskiy umummilliy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Ukrainada hozirgi vaqtda harbiy harakatlar davom etmoqda.