Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Kundalik” ta’lim platformasida ayollar gigiyenik vositasi reklama qilingani yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Telegram

Ta’kidlanishicha, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasiga muvofiq, qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, ma’naviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablar hisoblanadi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodga reklama ta’sirida ma’naviy zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan ‘Kundalik’ MChJga voyaga etmagan shaxslarga mo‘ljallanmagan mahsulotlarning reklama va marketingiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha so‘rov xati yuborildi. Natijada mazkur reklama ‘Kundalik’ platformasidan olib tashlanishiga erishildi”, deyilgan xabarda.

Avvalroq yalang‘och sahna ortidan “Kinoteatr” telekanali rahbariga hayfsan e’lon qilingan edi.