Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimidan ketdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Foto: Google

Usmonov 2008-yildan buyon Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarib kelgan va 2012, 2016 hamda 2021-yillarda prezidentlikka qayta saylangan. 2001-2009 yillarda Rossiya qilichbozlik federatsiyasini, 2005-2009 yillarda esa Yevropa qilichbozlik konfederatsiyasini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin hisoblangan milliarderlarga sanksiya joriy qilgandi. Ular orasiga “Rosneft” rahbari Igor Sechin, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov va boshqalar kirgan.