Tranzaksiyada ishtirok etayotgan tomonlardan biri sanksiyalarga tushgan Rossiya kompaniyasi yoki banki bo‘lsa, qaysi valutada bo‘lishidan qat’i nazar, pul o‘tkazish taqiqlanadi.

Foto: Google

Hindistonning eng yirik State Bank of India (SBI) banki Rossiyaning G‘arb sanksiyalariga tushgan kompaniyalari bilan hamkorlikni to‘xtatdi, deb xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, tranzaksiyada ishtirok etayotgan tomonlardan biri sanksiyalarga tushgan Rossiya kompaniyasi yoki banki bo‘lsa, qaysi valyutada bo‘lishidan qat’i nazar, pul o‘tkazish taqiqlanadi.

Xabarda aytilishicha, bank alohida mamlakatlar tomonidan kiritilgan qonun va cheklovlarni buzishni istamaydi. Shuningdek, SBI o‘z hamkorlarini kontragentlarni sinchkovlik bilan tekshirishga chaqirgan.

Fevral oxirida Yevroittifoq, AQSh va boshqa ayrim davlatlar Rossiya banklari va kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.

Mavzuga doir: Xalqaro sud Rossiyaga nisbatan tergov boshlamoqda