AQShning Kaliforniya shtatida erkak uch nafar farzandi va yana bir kishini otib o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Fojia Sakramento shahridagi cherkovlardan birida yuz berdi. Bu haqda mahalliy sherif idorasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Politsiyaga otishma haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kishi, jumladan, uch bolaning jasadini topgan, bolalarning kattasi 15 yoshda bo‘lgan.

Uch farzand va otadan tashqari beshinchi marhum ham shu oilaning a’zosi bo‘lganmi yoki yo‘qligi noma’lum.

Yanvar oyida AQShda maktab avtobusi o‘qqa tutilishi oqibatida 15 yoshli o‘quvchi halok bo‘lgandi. 

Mavzuga doir: AQShdagi maktablarning birida otishma sodir bo‘ldi