AQShning atom suvosti kemasi birinchi marta Karib dengizida hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlarda qatnashdi, deb xabar berdi The Defense Post.

Foto: RBK

Ushbu o‘quvlarda AQSh va Kolumbiya birgalikda qatnashdi.

Kolumbiya mudofaa vaziri Diyego Molano AQSh bilan hamkorlikdagi mashg‘ulotlar giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashni kuchaytirish va “milliy suverenitet”ni himoyalash maqsadlarida o‘tkazilayotganini aytdi.

Kolumbiya NATOning Lotin Amerikasidagi yagona strategik sherigi hamda AQshning yaqin ittifoqchisi sanaladi.

Mavzuga doir: NATO davlatlari maxsus rejasini amalga oshirishga qaror qilishdi