Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan massajxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat FVB matbuot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati FVB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 25-fevral kuni soat 01:00da tumanning “Qiziltepa” MFY, Sihatgoh ko‘chasi 2-uyda joylashgan “Ro‘zixon-Zulpidinjon orzusi” oilaviy korxonasiga qarashli massajxonaning muolaja xonasida yong‘in chiqqan. Oqibatda xonaning 150 kvadrat metr maydondagi ichki va tom qismi yongan. Sodir bo‘lgan yong‘inga yong‘in-qutqaruvchilar 01:20da yetib borib, soat 02:15da uni o‘rishga muvaffaq bo‘lgan.

Yong‘indan massajxonaning 320 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in natijasida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Farg‘onada gaz ballon tashuvchi avtomashinada yong‘in sodir bo‘lgani xabar berilgandi.