Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 23-fevraldagi yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov o‘zbekistonlik olimlar “kovid”ga qarshi sut ishlab chiqqani borasidagi yangilikka izoh berdi. Bu haqda unda ishtirok etgan Bugun.uz muxbiri xabar qildi.

Foto: Zira

“Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonlik olimlar kovidga qarshi sut ishlab chiqqani muhokamalarga sabab bo‘ldi, odamlar buni eshitib kulishdi. Kulmang, bu bor narsa. Chunki ayrimlar ukol ololmaydi, aynan shularga bu usul juda qo‘l keladi.

Olimlarimiz kerak bo‘lsa, poliz mahsulotlari, hattoki xamirturushga ham vaksina joylash borasida tadqiqotlar olib bormoqda. Bu tabiiy usul”, deya ta’kidlagan bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish vazirligi tadqiqotchilari “kovid”ga qarshi profilaktika maqsadida inson vaksinalari bilan echki va sigirlarni emlash orqali “kovid”ga qarshi antitanachalarga ega sut ishlab chiqqandi. Ularning bu bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqoti “bioRxiv” jurnalida chop etilgan.