Og‘ir atletikachi Maftuna Ismoilovadan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xabar berdi.

Foto: Sport vazirligi axborot xizmati

Sportchimizdan 2021-yil noyabr oyida musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasida taqiqlangan oksandrolon va stanozolol moddalari aniqlangan.

Shu tariqa Maftuna Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘zda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uchun 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Qaror 2021-yil 23-dekabrdan kuchga kirgan va 2025-yil 22-dekabrga qadar davom etadi.

Mavzuga doir: “Tolibon” ayollarga ba’zi sport turlari bilan shug‘ullanishni taqiqladi