Rossiya-Britaniya muzokaralari borgan sari hafsalani pir qilmoqda va “kar bilan soqovning suhbati”ni eslatmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass bilan o‘tkazilgan muzokaraga ana shunday ta’rif berdi.

Foto: Google

“Rostini aytsam, kar bilan soqov suhbatlashgandek bo‘lgani hafsalamni pir qildi. Go‘yoki quloq solayotgandekmiz, lekin hech narsani eshitmayapmiz”, degan u.

10-fevral kuni Sergey Lavrov Moskvada Liz Trass bilan muzokara o‘tkazdi.

Liz Trassning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga bosqin uzoq davom etadigan nizoga aylanishi mumkin.

“Agar Ukrainaga bostirib kirilsa, bu bosqin darhol muvaffaqiyat bilan yakunlanmaydi, u uzoq davom etadigan nizoga aylanishi mumkin”, deya qo’shimcha qilgan u.

Vazirlar muhokamasining asosiy mavzulari Moskvaning xavfsizlik kafolatlari haqidagi talablari va Ukraina inqirozi bo‘lgan. Sergey Lavrov muzokaralar yakuniga ko‘ra, muloqotdan hafsalasi pir bo‘lganini aytgan.