Ushbu shaxslar Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan 15 yilu 6 oy muddatga hamda yana bir jinoyatchi 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Foto: Google

O‘zbekiston Respublikasi DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan viloyat Milliy gvardiya va IIB bilan hamkorlikda Termiz shahri hududida joylashgan masjidlar atrofida “jihod” va “hijrat” g‘oyalarini targ‘ib qilib, kelgusida Suriya va Falastin davlatlaridagi qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etishni rejalashtirgan shaxslarning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ushbu jinoiy guruhning asosiy yetakchilari hisoblangan, Termiz shahrida istiqomat qiluvchi “G‘.B” va “N.T.” o‘tgan yilning 15-iyun sanasida qo‘lga olingan bo‘lib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda tergov harakatlari olib borildi.

Ayni vaqtda ushbu shaxslar Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan mos ravishda JKning 159-moddasi 1-qismi, 244-1 -moddasi 3-qismi “g” bandi, 244-2 -moddasi 2 qismi “b” bandi bilan aybdor deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga hamda JKning 244-2-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxslar viloyat fuqarolari, ayniqsa, voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarini diniy ekstremizm hamda terrorizmga faol da’vat qilib kelganlar.