Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan o‘z veb-saytidagi bayonotga ko‘ra, iste’foga chiqdi.

Sarkisyan Armaniston prezidenti lavozimidan ketishi uning ichki va tashqi siyosatiga taʼsir koʻrsatish vositalarining yoʻqligi bilan bogʻliqligini taʼkidlagan.

Sarkisyanning ta’kidlashicha, hozir Armaniston shaklan prezidentlik respublikasi, ammo mazmunan emas.

Sarkisyan 2018-yilda Armanistonning o‘sha paytdagi rahbari Serj Sarkisyan uni bu lavozimga eng yirik parlament partiyasi bo‘lgan Respublikachilar partiyasi yetakchisi sifatida taklif qilganidan so‘ng mamlakat prezidenti bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Arman siyosat va davlat arbobi, diplomat Armen Vardanovich Sarkisyan 1953-yil 23-iyunda Armanistonning Yerevan shahrida dunyoga kelgan.