Rossiya poytaxti Moskva shahridagi tergov izolyatorida o‘zbekistonlik erkak osilgan holda topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Foto: Sof.uz

“Birinchi Silikatniy ko‘chasidagi tergov izolyatori kamerasidan 1970 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosining osilgan jasadi topildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak Moskvaning Xoroshevskiy tuman sudi tomonidan qurol ishlatib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlikda ayblanib, hibsga olingan.

Qayd etilishicha, avvalroq, Moskvadagi 4-sonli tergov izolyatorida ham ikki kishi o‘z joniga qasd qilgan.