Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni qoplamaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Bu haqda Omma.uz’ga MIBning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Foto: MIB axborot xizmati

Xabarga ko’ra, Majburiy ijro byurosi Bektemir tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudining 2020-yilning 25-dekabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.X. undiruvchi “Davr bank” foydasiga 616 mln. 35 ming 812 so‘m miqdorida qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2021-yilning 18-yanvarida bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni qoplamaganligi sababli majburiy ijro xarakatlariga kirishilgan. Ijro harakatlari davomida MIB Portal elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborildi, olingan javoblarga ko‘ra qarzdorga tegshil bo‘lgan mol-mulklarga band solindi.

MIB tuman bo‘limi davlat ijrochisi N.Yarmatov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Malibu” avtotransport vositasi bank oldidagi qarzdorlikni qoplash maqsadida xatlangan.