“Mercedes-Benz” konserni butun dunyo bo‘ylab 800 mingdan ziyod mashinalarini chaqirib olyapti, xabar berdi “Bild”.

Foto: Vesti

Bunga sabab — suyuqlikni sovituvchi nasosdagi ehtimoliy nosozlik. 2021-yil nihoyasida avtomobil xaridorlariga yo‘llangan xatda alohida holatlarda “yonish sodir bo‘lishini to‘liq istisno qilib bo‘lmasligi” bildirilgandi.

“Mercedes” kompaniyasi dizelda ishlovchi GLC, GLE, GLS modellarini, shuningdek 2017-yilning yanvar–oktabr oylarida ishlab chiqarilgan C, E va S sinfiga mansub avtolarini chaqirib oladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq “Tesla” qariyb 500 mingta elektromobilini chaqirib olishi haqida xabar bergan edik.