“Uzbekistan Airways” 13-yanvargacha Olmaota, Aqto‘be va Aqtauga rejalashtirilgan parvozlarni bekor qildi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

O‘zbekistonning bir nechta shaharlaridan Qozog‘iston viloyatlariga parvozlar bekor qilindi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar qilishicha, 8-yanvardan 13-yanvargacha rejalashtirilgan 5ta reys bekor qilingan.

  • HY761/762/763/764 «Toshkent — Olmaota — Toshkent»;
  • HY767/768 «Samarqand — Olmaota — Samarqand»;
  • HY9729/9730 «Nukus — Aqto‘be — Nukus»;
  • HY9725/9726 «Urganch — Aqtau — Urganch»;
  • HY9727/9728 «Nukus — Aqtau — Nukus».

Parvozlar samolyotlar yetib boradigan aeroportlarning texnik sabablariga ko‘ra qoldirilgan.

Bekor bo‘lgan parvoz yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega hisoblanadi.

“To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz”, – deyiladi xabarda.

“Uzbekistan Airways” 5-yanvar kuni dastlab Aqtauga muntazam parvozlarni bekor qigandi. Keyinroq Olmaota va Aqto‘bega rejalashtirilgan parvozlar ham bekor bo‘ldi.