Samolyot ortga qaytishiga meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi sabab qilib ko’rsatilgan.

Termiz aeroportida meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) munosabati bilan HY-065 Toshkent –Termiz reysi Toshkent aeroportiga qaytib kelmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ xabar berdi.
“Reyslar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni +99878-140-02-00 raqami orqali olishingiz mumkin.
Yo‘lovchilardan aviakompaniya yangiliklarini kuzatib borishlari so‘raymiz.
To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz”,—deyiladi xabarda.