1-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda, Sirdaryoda “ognetushitel” portlatilgani aks etgan videolavha tarqalgan edi.

Foto: RIA Novosti

Sirdaryo viloyati IIB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, shu kuni viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv olib borildi.

Aniqlanishicha, o‘t o‘chirgich moslamasini mahalla hududida Sirdaryo tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan yigit portlatgan.

Unga nisbatan MJtKning 183 va 185-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. (1 BHM 270 ming so‘m).