Tadbirkordan 10 mln. so‘m talab qilgan mutaxassis ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Foto: Izvestiya

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda, “K.U.” boshqaruv servis korxonasi mutaxassisi Sh.A. Guliston shahar “Yangi hayot” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oldidagi umumiy maydonini ta’mirlash ishlarini nazorat o‘lchovidan o‘tkazishda aniqlangan kamchiliklarni ko‘rsatmaslik va amalga oshirilgan ishlarni 45 mln. so‘mga oshirib ko‘rsatish evaziga “K.S.” MChJ ish boshqaruvchisi R.dan 10 mln. so‘m talab qilib, shundan 5 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.