Shu yilning 4-yanvar tongida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Anorzor mahallasida yashovchi 27 yoshli Maftuna Toshpo‘latova birvarakayiga 3 nafar egizakning onasiga aylandi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasining akusherlik kompleksida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun alohida mutaxassislar va zarur tibbiy jihozlar hozirlandi.
Kesarcha usulida, asoratsiz o‘tkazilgan tug‘uruq amaliyoti natijasida 2,9 va 2 kilogrammlik ikki nafar qizaloq hamda 3 kilogrammlik o‘g‘il bola dunyoga keldi. Egizaklarga Madinaxon, Muhammadziyo va Muslimaxon deb ism qo‘yildi.
Ayni paytda go‘daklarning ahvoli qoniqarli. Shifokorlar ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishiga bosh-qosh bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi egizaklar va onaning salomatligini alohida nazoratga olgan.
Eslatib o’tamiz, 25-dekabr kuni Navoiyda 4 egizak tug‘ilgani, ularga Madina, Muslima, Yunus va Yulduz ismlari qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.