Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga fuqaro Bobomurodov Bobur Hodiyevichning she’riy asarlarga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi hamda unga tegishli bo‘lgan “Farhod va Shirin” tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz hech qanday shartnoma tuzilmasdan foydalanilayotganlik holati yuzasidan tegishli chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushgan.

Foto: Omma

Qayd etilishicha, murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolar S.F. hamda Z.Sh. tomonidan muallif B. Bobomurodovga tegishli bo‘lgan “Qalbim bahori”, “Hayot” nomli she’riy asarlarni muallif bilan hech qanday shartnoma tuzilmasdan huquq egasining ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilganligi va omma oldida ijro etilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan B. Bobomurodov tomonidan taqdim etigan hujjatlarni o‘rganish natijasida yuqorida keltirilgan fuqarolar tomonidan o‘z xonandalik faoliyatida foydalanilayotgan “FARHOD va ShIRIN” iborasi B. Bobomurodovga tegishli bo‘lgan MGU 43187-son “FARHOD va ShIRIN” tovar belgisi bilan o‘xshashligi aniqlangan.

Shunga asosan, fuqaro S.F. hamda Z.Sh.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasining birinchi qismida va 1771-moddasining birinchi qismida belgilangan asardan qonunga xilof ravishda foydalanish holati hamda huquq egasiga tegishli bo‘lgan tovar belgisidan o‘z xonandalik faoliyatida foydalanayotganligi sababli Agentlik tomonidan holat bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.