Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati

2021-yil 03-yanvar kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 4-sonli IIB JQG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida roʻyxatda turib, Samarqand shahar Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasida vaqtincha yashovchi, 1998-y.t. X.I. gʻarazli va boshqa past niyatlarda, oʻzi yashab kelayotgan uyida fohishaxona tashkil qilib, 500 000 soʻm pul evaziga tadbirga jalb qilingan shaxslarga jinsiy aloqa qilishlari uchun alohida xona ajratib, sharoit yaratib bergan vaqtida, ushlanib hujjatlashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Buxoroda o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlangani xabar berilgandi.