Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau va Mang‘istau viloyatlarida suyultirilgan gazning maksimal narxi litri uchun 50 tenge etib belgilandi. Mazkur viloyatlarning chekka hududlaridagina gaz narxi 55 tengegacha ko‘tarilishi mumkin.

Foto: Skrinshot

Shuningdek, Chimkent, Sharqiy Qozog‘iston, Jambil, G‘arbiy Qozog‘iston, Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlarida suyultirilgan gaz narxi litri uchun 60 tengegacha pasaytirildi. Ba’zi chekka hududlarda esa bu narx 65 tengeni tashkil qiladi.

Suyulltirilgan gaz narxi Olma-ota shahrida 65 tenge, Nur-Sulton, Oqmola, Qo‘stanay, Qarag‘anda, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida esa 70 tenge etib belgilandi (chekka tumanlarda 75 tenge).

Qayd etilishicha, bu narxlar 180 kungacha ya’ni 3 oy davomida o‘zgarmaydi.

Benzin narxlarini ham oshirish vaqtinchalik cheklangan:

  • AI-80 – 89 tenge;
  • AI-92 va AI-93 – 182 tenge;
  • AI-95 – 215 tenge.

“Tengrinews”ga ko‘ra, dizel yoqilg‘isining ham qat’iy narxlari belgilangan. Unga ko‘ra, Aqmola, Aqto‘be, Sharqiy Qozog‘iston, G‘arbiy Qozog‘iston, Qo‘stanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida – 260 tenge, boshqa hududlarda esa 240 tengeni tashkil qiladi.

Ta’kidlanishicha, oziq-ovqat narxlarini barqarorlashtirish uchun 6 oy mobaynida yirik va mayda shoxli hayvonlar, 3 oy davomida esa kartoshka va sabzi eksportiga taqiq joriy etilgan. 

Hukumat, kommunal xizmatlar tariflarini oshirishga vaqtinchalik moratoriy joriy etilishini ham va’da qilgan.

Ma’lumot uchun, Qozog’istonda 1 AQSh dollari 436 tenge atrofida.