Qo‘qon shahar hokimining sobir birinchi o‘rinbosari A. N.ga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sudning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sputnik

Xabarga ko‘ra, sobiq amaldor Jinoyat kodeksining 168-modda 3- qismi “a, v” bandlari (firibgarlik) va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandida (pora berishga qasd qilish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilib, besh yo‘l-u olti oy muddatga ozodlik mahrum qilindi.

Hokimning sobiq birinchi o‘rinbosarining jinoiy sherigi ham qayd etilgan moddalar bilan aybdor deb topilgan va unga besh yil-u uch oy ozodlik mahrum etish jazosi tayinlangan.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning avgust oyi o‘rtalarida Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. N.  Jinoyat ustida qo‘lga olingan edu. U Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.M. bilan jinoiy til biriktirib, bir tadbirkorga mazkur temir yo‘l uzeli balansida bo‘lgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar bo‘yicha o‘tkaziladigan auksion savdolarda uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 000 AQSh dollari talab qilgan va xamrr uchidan patir  tariqasida talab qilgan puldan 10 ming dollarini olayotgan paytda tegishli organlarning tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi.