ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hokimligiga tegishli “Trailblazer” avtomobili qo‘pol ravishda qoida buzgani tasvirlari e’lon qilindi. 

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Viloyat hokimi o‘rinbosariga tegishli ekani aytilgan avtomobil yo‘l yotiq chizig‘ini bosgan holda, svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida va ortga qayrilib olish qoidalarini chetlab o‘tgan holda harakatlangan.

YHXBB bergan bayonotga ko‘ra, avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi ma’lum bo‘lgan.

Natijada haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan E.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126- , 128-, 128 prim 4-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Chust tumani hokimligiga tegishli mashinalar jarima maydoniga qo’yilgani haqida xabar berilgan edi.