Namangan viloyati Chortoq tumanida tadbirkorning 164,5 mln. so‘mini o‘zlashtirgan korxona rahbarining kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura axborot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.L.” xususiy korxonasi “A.E.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan MChJga mineral o‘g‘it yetkazib bermasdan tadbirkorning 164,5 mln. so‘mini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.