Shimoliy Koreya gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi. Ta’kidlanishicha, raketa 700 kilometr uzoqlikdagi nishonni yakson qilgan.

Foto: CC0 / DoD /

Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi oldinroq KXDR Yapon dengizi tomon snaryad uchirgani va bu ballistik raketa bo‘lishi mumkinligiini ma’lum qilgandi. Tokio ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Yapon dengiziga qulagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 28-sentabr kuni Shimoliy Koreya mamlakat tarixida birinchi marta gipertovushli raketa uchirgandi. KXDR ma’lum qilishicha, “Xvason-8” deb nomlangan ushbu turdagi raketa sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan.

Shuningdek, o‘sha kuni Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR Yapon dengizi tomon kamida bitta raketa uchirganini ma’lum qildi. Kyodo manbalariga ko‘ra, bu qisqa masofali ballistik raketa bo‘lgan.