Kanadaning Nyu-Bransuik provintsiyasida yashovchi yoshlarning noma’lum nevrologik kasallik bilan shifokorga murojat qilishi ko‘paydi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Ma’lum qilinishicha, kanadalik shifokorlar ikki yildan buyon kuzatilayotgan bu kasallik bo‘yicha ma’lumotga ega emas. Ular kasallik vaqt o‘tishi bilan tobora ko‘proq yoshlarga ta’sir qila boshlagani, bu esa kasallanganlarda miyaning kognitiv (his qilish) funksiyalarida buzilishlarga sabab bo‘layotganini qayd etgan.

Rasmiy ravishda kasallikning 48ta holati qayd etilgan, ammo aslida kasallanganlar soni 150ga etishi ta’kidlangan. Shifokorlar bemorlarda dementsiya (bosh miyaning zararlanishi oqibatida yuzaga keladi va aqliy qobiliyatning sezilarli darajada pasayadi) va ataktsiya (mushaklar harakatining buzilishi), mushaklarning zaiflashishi, gallyutsinatsiyalar, uyqu va vazn yo‘qotish belgilarini qayd etgan.

Avvalroq, Qozog‘istonda xavfli infektsiya tarqala boshlagandi. Shuningdek, Osiyo davlatlaridan birida xavfli kasallik tarqalayotgani ma’lum bo‘lgandi.