Ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qoʻshimcha ma’lumot keyinroq taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

“Aqtau xalqaro aeroporti xalqaro parvozlarni qabul qilishni va amalga oshirishni yopganligi munosabati bilan, 2022-yil 5-yanvar kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY-9725/9726 Urganch – Oqtov – Urganch yoʻnalishi boʻyicha muntazam qatnovlari bekor qilindi”, – deyiladi “Uzbekistan Airways” xabarida.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirish kunlari haqidagi qoʻshimcha ma’lumot keyinroq taqdim etilishi qo’shimcha qilingan.

Kompaniya tomonidan yo’lovchilar 5-yanvar kuniga Aqtauga bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egaliklari eslatib o’tilgan.

Eslatib o’tamiz, Qozog’istonning Mang‘istau oblastida 2-yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oshirilganiga qarshi norozilik mitinglari o‘tkazmoqda. Norozilik namoyishlariga Qozog‘istonning boshqa shaharlari aholisi ham qo‘shilgani aytilmoqda.