Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahar Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan YHXBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 5-yanvar kuni soat 13:00larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan “Olmazor” to‘yxonasi ro‘parasida haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan R.I. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli hamda haydovchi, 2002-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.