Uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatgan afg‘onistonlik 143 yoshli erkak kecha, 4 yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.

Foto: Sputnik Afg’niston

Qayd etilishicha, 143 yoshli Mavlavi Muxammad Amin Totor Samangan viloyatining Ruyi Du Ab tumanida vafot etgan. U umri davomida 17 marta hukumat almashishiga guvoh bo‘lgan.

Mavlavi Muxammad Amin Totor Hindistonning Deoband shahridagi Islom universitetida tahsil olgan, to‘rt marta uylangan. U 100 yoshida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan.

Bundan 2 oy oldin Badaxshonda 120 yoshli xalifa Merajuddin olamdan o‘tgan edi.

Avvalroq, dunyoning eng keksa ayoli – yaponiyalik Kane Tanaka joriy yilning 2 yanvar kuni 119 ga to‘lgani haqida xabar bergan edik.