Qozog‘istonning Janaozen shahridagi gazni qayta ishlash zavodi direktori va suyultirilgan gaz bo‘yicha elektron savdo markazi rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, Moliyaviy monitoring agentligi gaz narxining asossiz oshirilgani yuzasidan sudgacha tekshiruv boshladi. 

Qayd etilishicha, “Qozog‘iston gazni qayta ishlash zavodi” MChJ butun Mang‘istau viloyati va unga yaqin hududlarni gaz bilan ta’minlaydi. 

Shuningdek, miting ishtirokchilari javobgarlikka tortilmasligiga ham kafolat berilgandi. Lekin, 5-yanvar kuni Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari mamlakatning bir qancha viloyatlarida sodir etilgan noqonuniy harakatlar chog‘ida jamoat tartibini buzganlik uchun 200dan ortiq kishini qo‘lga oldi.

Bugun shuningdek, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi.

Eslatib o’tamiz, Mang‘istau oblastida 2-yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oshirilganiga qarshi norozilik mitinglari o‘tkazmoqda. Norozilik namoyishlariga Qozog‘istonning boshqa shaharlari aholisi ham qo‘shilgani aytilmoqda.