Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To’qayev mamlakat poytaxti Nur-Sulton shahrida favqulodda holat joriy qildi. Rejim 5-yanvardan 19 yanvargacha ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Olmaota”, va “Mang‘istau” viloyatlarida favqulodda holat joriy etilgani haqida xabar bergandik.

Foto: RIA Novosti

Nur-Sultondagi cheklovlar favqulodda holat joriy qilingan boshqa hududlardagi kabi: shaharga kirish va chiqish cheklangan, soat 23 dan 7 gacha komendantlik soati joriy etilgan, yig‘ilishlar va ish tashlashlar taqiqlangan. Shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Yerjan Sadenov shahar komendanti etib tayinlandi. Hujjat matnida aytilishicha, qaror “jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquq-tartibotni tiklash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida” qabul qilingan.

Favqulodda holat suyultirilgan gaz narxi oshishi sababli yuzaga kelgan norozilik namoyishlari munosabati bilan joriy etilgan. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston poytaxtida yirik norozilik namoyishlari qayd etilmagan. Olmaotada politsiya bilan to‘qnashuv chog‘ida namoyishchilar hokimlik (ma’muriyat) binosiga bostirib kirishdi, uning ichida va prokuratura binosidaham yong‘in chiqgan.