Farg’ona viloyati Qo‘qon shahrida qalbaki AQSh dollarlarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. va A.I.lar qalbaki valyuta qimmatliklarini muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro J.ga qalbaki 4 700 AQSh dollarini 2 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiqo‘rg‘onda qalbaki 5000 dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi