O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 5-yanvardan navbatdagi qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi.

Foto: Aziza Qurbonova

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, davlat rahbari o‘tgan yili ham aynan yanvar oyida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgan edi.

O‘tgan yili davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingandi.

Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimida qariyb 4 yillik faoliyati davrida uchinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hokimi Xorazm, Farg‘ona va Buxoro viloyatining barcha tuman va shahar hokimlari 15 kunlik mehnat ta’tiliga chiqqani haqida xabar berilgan edi.