Namoyishchilar Qozog‘iston prezidentining Olmaotadagi qarorgohini egallab oldi. Bu haqda bugun mahalliy nashr ZakonKZ xabar berdi.

Foto: Skrinshot

Qayd etilishicha, bir necha ming namoyishchi qarorgoh hududiga bostirib kirishga uringan, uning hududida tutun ko‘rinayotgani, shovqinli granatalar portlashi va o‘q ovozlari eshitilgan.

Eslatib o’tamiz, Qozog’istonning Mang‘istau oblastida 2-yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oshirilganiga qarshi norozilik mitinglari o‘tkazmoqda. Norozilik namoyishlariga Qozog‘istonning boshqa shaharlari aholisi ham qo‘shilgani aytilmoqda.

Qozog‘iston poytaxtida xalq namoyishlari sababli favqulodda holat joriy etildi
Norozilik namoyishlari fonida gazni qayta ishlash zavodi direktori qo‘lga olindi
“Uzbekistan Airways” Qozog’istonning Aqtau shahriga parvozlar bekor qilinganini ma’lum qildi