Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon noma’lum raketa uchirdi, deb xabar bermoqda “Yonhap” Janubiy Koreyadagi o’z manbasiga tayanib.

Foto: Lenta

“Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi xabar berdi, biroq tafsilotlarni keltirmadi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Ushbu maʼlumotni Yaponiya qirgʻoq qoʻriqlash xizmati ham tasdiqlagan. Uning so’zlariga ko’ra, raketa Yapon dengizi suvlariga tushgan. Voqea munosabati bilan bosh vazir idorasida inqirozga qarshi shtab yig‘ilgan.

Bu KXDR qurollarining joriy yildagi ilk sinovidir. Avvalgisi 19-oktabr kuni Shimoliy Koreya yangi suvosti ballistik raketasini sinovdan o‘tkazayotgan paytda sodir bo‘lgan edi.