Bugun, 5-yanvar kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridan Tojikistonning Xoʻjand shahriga uchayotgan “S7 Airlines” aviakompaniyasining uchuvchisi belgilangan aeroportdagi tuman tufayli Toshkent aeroportiga qoʻnishga majbur boʻldi, deya ma’lum qilgan Toshkent xalqaro aerportining vakili RIA Novostiga.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

“’S7 Airlines’ aviakompaniyasining Nijniy Novgorod – Xoʻjand reysi boʻyicha S76431 reysi belgilangan aeroportdagi quyuq tuman tufayli Toshkentga mahalliy vaqt bilan 10:00 (Moskva vaqti bilan 8:00)da qoʻndi”, — degan kompaniya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘nish normal rejimda amalga oshirilgan, layner ob-havo sharoiti imkon berishi bilan Xo‘jandga uchishga hozirlik ko‘rmoqda.

Eslatib o’tamiz, kecha Qozog‘istondan Turkiyaga uchgan samolyot favqulodda Urganch aeroportiga qo‘ngani haqida xabar berilgandi.