Andijonda o‘z ukasini qasddan o‘ldirgan aka sud qilindi. Sud hukmi va fojia tafsilotlari haqda Oliy Sud Matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Foto: RIA Novosti

Aniqlanishicha, Marhamat tumanida yashovchi F.M. ishdan charchab kelib, ovqatlanish uchun aholida xonaga kirib, spirtlik ichimlik iste’mol qilgan.

Shu payt uning ukasi Z.M. mast holda onasi bilan tortishib qolgan. F.M. esa tashqariga chiqib, Z.M.ni uyiga jo‘natib yuborgan.

Ammo, Z.M. soat 22:00da yana qaytib kelib, baqir-chaqir qilib, uyida turgan molni sotib yuborishni aytganida, onasi shu mol bilan ovunib yurganini aytishiga qaramay, u bilan janjallashgan va oynalarni sindirgan.

Bundan g‘azablangan F.M. ukasi Z.M. bilan janjallashib, uni 3-4 qo‘p bug‘doy turgan joyga itarib yuborgan. Muvozanatni yo‘qotgan Z.M. o‘sha yerdagi tik turgan pichoqqa yiqilgan. Pichoq uning chap qo‘ltiq tagiga kirgan.

Jabrlangan Z.M.ni yaqinlari zudlik bilan tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borishiga qaramay u shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi ukasini qasddan o‘ldirgan F.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.