Uyida mast holda o‘g‘li bilan janjallashgan ota qamoqqa olingan.

Footo: Google

Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 30-dekabr kuni soat 18:30da G‘ijduvon tumani Denov mahallasida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan S.Z. mast holatda uyida 2004-yilda tug‘ilgan o‘z o‘g‘li U.N. bilan janjallashib qolib, jahlini jilovlay olmay, o‘g‘lining qorin sohasiga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda U.N. ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan og‘ir tan jarohati sabab tuman kasalxonasida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan S.Z.ga nisbatan JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi qamoqqa olingan.