Bugun, 4-yanvar kuni ertalab Yaponiyaning Tinch okeanidagi Ogasavara orollari yaqinida, Tokiodan 1000 kilometr janubda 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi.

Foto: Tarjumon.uz

Yaponiya bosh meteorologiya agentligi maʼlumotlariga koʻra, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 06:09 (Toshkent vaqti bilan 02:09)da qayd etilgan. Zilzila manbai suv ostida 70 kilometr chuqurlikda bo’lgan.

Hozirda zilzila tufayli jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar berilmagan.

Yaponiyaning Ogasavara orollari Tokiodan 1,2 ming kilometr janubda joylashgan.