Turkman-afg’on chegarasida Turkmaniston chegarachilari va “Tolibon” jangarilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Hasht-e subh gazetasi.

Foto: RIA Novosti

“Uch kun avval Turkmaniston chegara xizmati xodimlari bir nafar tinch aholi vakilini o‘ldirgan va bir nafarini kaltaklagan. Voqeani o‘rganish vaqtida “Tolibon” jangarilari turkman chegarachilarining o‘t ochishiga javoban o‘q uzgan”, – deya Juzjon viloyati axborot va madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Hilol Balxiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.

Aniqlik kiritilishicha, turkman chegarachilari va toliblar o‘rtasidagi otishma dushanba kuni Juzjon viloyatining Hamab tumanida sodir bo‘lgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.

O‘tgan yil dekabrida “Tolibon” jangarilari bilan shunga o‘xshash to‘qnashuvlar Afg‘oniston-Eron va Afg‘oniston-Pokiston chegaralarida yuz bergan edi.