Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Termiz shahrida 2021-yil 16-dekabr kuni, shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shaharning “Yulduz” mahallasida yashovchi, T. Sarvar (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar IIBga yozgan arizasida, 2018-yildan 2020-yil oktabr oyiga qadar o‘ziga tanish bo‘lgan, shaharning “Jayxun” mahallasida yashovchi, A. Dilshod ishonchiga kirib, shahar hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan olib berishni hamda qolgan pullarni saqlab turishlikni vaʼda qilib, yashash xonadoni hamda shahardagi turli banklar orqali Rossiya Federatsiyasidan yuborilgan jami 80 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborganligini maʼlum qilgan.

16-dekabr kuni A. Dilshodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.