Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘g‘org‘i Kengesi Raisi Murat Qallibekovich Kamalovning volidasi Lyubov Semyonovna Kamalova 95 yoshida olamdan o’tdi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi

“Xorazm viloyati hokimligi va jamoatchiligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘g‘org‘i Kengesi Raisi Murat Qallibekovich Kamalovga onasi, Lyubov Semyonovna Kamalovaning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi”, – deyiladi hokimlikning matbuot xizmati xabarida.

L.S.Kamalova 1927-yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. Ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘istonda ta’lim-tarbiya sohasini zamon talablari asosida rivojlantirish, yuksak malakali kadrlar tayyorlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ma’naviy qadriyatlarni tiklash ishiga munosib hissa qo‘shgan.

“Xalqimizning ardoqli farzandi, samimiy va kamtarin inson Lyubov Semyonovna Kamalovaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, – deyiladi xabar so’ngida.