Samarqand shahar madaniyat bo‘limi rahbari, san’atshunoslik fanlari nomzodi, qiziqchi, “Handalak” guruhi a’zosi Ortiq Sultonovning otasi olamdan o’tdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.

“Samarqand shahar hokimligi va shahar jamoatchiligi Samarqand shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i Ortiq Sultonov Qurbonovichga otasi Qurbon Sultonovning olamdan o‘tgani munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi”, – deyiladi shahar hokimligi xabarida.
Ma’lumot uchun, “Handalak” guruhi a’zosi Ortiq Sultonov 2021-yilning iyun oyidan buyon Samarqand shahar madaniyat bo‘limi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.