Avval xabar berilganidek, prezidentning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Foto: O’zA

Loyihadan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish masalasi ham o‘rin olgan.

Jumladan:

  • Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish;
  • Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish;
  • «Elektron hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish;
  • Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish;
  • Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
  • Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish;
  • «Raqamli idora» loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish;
  • «Fuqarolarning raqamli pasporti» loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
  • «Fuqarolarning raqamli pasporti» loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
  • Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish;
  • Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish kabi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.