Buyuk Britaniyaning nashri sohaga ixtisoslashgan jurnalistlarning tavsiyalari asosida sayohat qilish uchun eng ommabop 10ta yo‘nalishni e’lon qildi.

Foto: Google

Ushbu ro‘yxatga Normand orollari, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Ispaniya, Italiya, Turkiya, O‘zbekiston, Misr va Butan kiritildi.

Nashr muharriri ushbu ruyxatdan o‘rin olgan O‘zbekiston haqida to‘xtalar ekan, bu mamlakatga sayohat qilish taassurotlarga boy bo‘lishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston bir necha yil avval Buyuk Britaniya fuqarolariga viza talablarini yengillashtirgani, endi ular mamlakatda vizasiz 30 kungacha bo‘lib turishi mumkinligi qayd etilgan.

Muallif O‘zbekistonga safarni rejalashtirayotganda joriy yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festivallarga tashrif buyurishni maslahat bergan.