Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Pop tumanida “Lacetti” rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelganligi haqida videotasvirlar tarqalgan edi. Holat bo’yicha YHXBB ma’lumot berdi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 4-yanvar kuni soat 19:30larda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 284-kilometrida, 1996-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi avtomobilni zudlik bilan to‘xtatgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Ushbu hodisa yuzasidan tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.