AQShlik tadbirkor Ilon Maskning boyligi Tesla kompaniyasi aksiyalarining sezilarli darajada oshishi natijasida bir kunda 32,6 milliard dollarga ortib, 304,2 milliard dollarga yetdi.

Foto: Google

Natijada Mask yana 300 milliard dollardan ortiq boylikka ega odamga aylandi. 2021-yilning noyabrida u tarixda birinchi marta shunday natijaga erishgan edi. 

Mask Tesla aksiyalari kecha, 3-yanvar kuni ko‘tarilishidan oldin ham sayyoradagi eng boy odam bo‘lgan, ammo endi u o‘zining eng yaqin raqibi, Fransiyaning LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhining bosh direktori bo‘lib qolayotgan Bernar Arno (200,6 milliard dollar) bilan farqni kengaytirdi. 

Tesla aksiyalari Nyu-York fond birjasida kecha, 3-yanvar kuni 13,53 foizga oshib, 2021 yilda elektromobillar yetkazib berish hajmi rekord darajada oshgani haqidagi yangilik fonida bir aksiya uchun 1199,78 dollarni tashkil qildi. Kompaniya o‘tgan yilda mijozlarga 936 172 ta elektromobil jo‘natgan, bu 2020-yilga nisbatan 87 foizga ko‘p.