Ispaniyada kriptovalyutalar bilan ishlagan yirik firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy PTBE teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Foto: Iz RU

OAV xabariga ko‘ra, Valensiyada 45 yoshli erkak qo‘lga olingan. Uning hisoblarida 2,5 million yevrodan ortiq mablag‘ bloklangan. Asosan, firibgarning qurbonlari Ispaniya va Portugaliya aholisi bo’lgan.

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil avgust oyidan boshlab moliyaviy piramida yaratgan firibgarni topish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan. Qo‘lga olingan shaxs firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha yettita bandda ayblangan.

Shuningdek, DLBI ma’lumotlar sizib chiqish razvedkasi va darknet monitoringi xizmati asoschisi Ashot Ovannisyan 2022-yilda raqamli sertifikatlardan foydalanishning kengayishi yangi firibgarlik sxemalarining paydo bo‘lishiga olib kelishi ta’kidlagan.